Mamlakatimizda barkamol avlod tarbiyasi davlatimiz siyosatining ustuvor yo`nalishlaridan biriga aylangan. Zero, millatimiz istiqboli, yurtimiz kelajagi yoshlar qo`lida. Bugungi tarbiya ertaning poydevoridir. shu bois yurtimizda ta’limni tarbiyadan, tarbiyani ta’limdan ajratmagan holda tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.