Ushbu sonimizda esa, maktabgacha ta’lim, umumiy o`rta ta’lim, rahbar va pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimidagi yutuq va kamchiliklar, dolzarb muammolar, ota-onalar va pedagoglarni o`ylantirib kelayotgan masalalarning ba’zilari sizning hukmingizga havola qilinmoqda. Ularning huquqiy, nazariy, amaliy va tahliliy-tanqidiy nuqtayi nazardan bartaraf etish yo`llari, ularning oldini olishga doir ilmiy-metodik maqolalar bilan tanishishingiz mumkin.