Ma`lumki, tevarak-atrof muhiti xilma-xil hamda undagi tovushlar va hidlar, haroratga ko`ra juda rang-barang bo`ladi. Atrof muhit bilan odam organizmi muttasil bir-biriga bog`liq. Bu bog`lanish sezgi a`zolari orqali ta`minlanadi, ya`ni tashqi muhitning barcha omillari sezgi a`zolariga ta`sir etadi va ularning bosh miyadagi markazlariga qabul qilinadi.