Qorin bo`shlig’i (cavum abdominalis)- qorin bo’shlig’i ichki fassiyasi (f.endoabdominalis) bilan chegaralangan bo’lib, qorin bo’shlig’i va qorinparda orqa bo’shlig’iga bo’linadi. Qorin bo’shlig’ining yuqorigi devorini diafragma, old va yonbosh tomonidan qorinning old devori mushaklari qatlami, orqadan umurtqa pog’onasi, bel mushaklari qatlami tashkil qiladi. Qorin bo’shlig’i pastki tomondan erkin holda chanoq bo’shlig’iga o’tib, ular orasidagi chegara shartlidir.