Hozirgi vaqtda inson yashab, toxtovsiz munosabatda bo’lib kelayotgan tabiiy muhit uzoq geologik davrlar (4,5—4,7 mlrd. yil) mobaynida bir qancha omillarning birgalikda ta’sirida, yani Quyosh nuri, Yerning massasi, gravitatsiya kuchi, ko’lami, aylanma harakatlari, tektonik harakatlar, havo va suv qobiqlarining vujudga kelishi va o’zgarishi, ekzogen jarayonlar ta’siri, organik dunyoning paydo bo’lishi va taraqqiyoti ta’sirida tarkib topgan. Tabiiy muhitning holati o’zaro ta’sir etib turuvchi ko’p omillarning murakkab majmuida tarkib topgan tabiiy muvozanatga bog’liq.