Darhaqiqat yoshlarni axloqiy va estetik tarbiyalash katta ijtimoiy masala. U ona tilidan boshlanib, barcha ijtimoiy-ma’naviy jabhalarni ham qamrab oladi. Inson axloqiy va estetik tarbiyasi shakllanishida katta-kichik yoki muhim va muhim sanalmaydigan narsa yo’q. Hamma narsa – insonni o’rab olgan tabiiy va ijtimoiy muhit, insonga ta’sir etuvchi barcha ma’naviy-tarbiyaviy va mafkuraviy omillarning roli katta.