O`rta Osiyo tabiiy sharoitini o`rganishga bag`ishlangan adabiyotlar juda ko`p. Qadimgi davrdan, XIX asrning ikkinchi yarimigacha o`rganish tarixi I.V.Mushketovning – «Turkestan» (1886, 1906, 1915), L.S.Bergning («Aralskoye more») – «Orol dengizi» (1908), V.V.Bartoldning – «Orol dengizi va Amudaryo quyi qismi haqida ma’lumotlar» (1902), R.U.Rahimbekov, Z.N.Donsovalarning «O`rta Osiyo tabiatini geografik o`rganish tarixi» (1982) va boshqa adabiyotlarda ancha to`liq yoritilgan. O`rta Osiyoning geografik nomlari haqidagi eng dastlabki ma’lumotlar, eramizdan oldingi VI-V asrlarga mansubdir.