O`rta Osiyoning ulug` mutafakkiri va qomusiy olimi Forobiy yunon falsafasini chuqur bilgani, unga sharhlar bitganligi va jahonga targ`ib qilgani hamda zamonasining ilmlarini puxta o`zlashtirib, fanlar rivojiga ulkan hissa qo`shgani uchun "al-Muallim as-soniy" ("Ikkinchi muallim", Aristoteldan keyin), "Sharq Arastusi" nomlariga sazovor bo`ldi. Forobiy Sirdaryo sohilidagi Forob (O`tror) degan shaharda turkiy qabilaga mansub harbiy xizmatchi oilasida tavallud topdi.