Ocherkda asosiy ko`zda tutiladigan uch asosiy xususiyat mavjud. Bular: ommaboplik, hujjatlilik va badiiylikdir. Ocherk publististikadan uning vazifasi va mohiyatni oladi.
Aniq qaratilgan va maqsadli yo`naltirilganligi ocherkni ommabop janr
ekanligini ko`rsatadi. Muallif buni e’tiborga olgan holda keng o`quvchilar ommasi
uchun birdek tushunarli, sodda, tili va uslubi ommabop bo`lishi uchun ommaning
hayotiy tajribasi hamda oqilona fikr yuritishini o`zi uchun qoida qilib oladi. Lekin
bu degani muallif ocherkni haddan tashqari soddalashtirishi, ta’bir joiz bo`lsa,
odmi ong darajasiga moslashishi kerak degani emas. Publitsist hayotda idrok
etganlarini ancha chuqur va ob’ektiv ifoda etishga qodir bo`lishi kerak.