o`zbek va ingliz folkloridagi epik janrlarning o`xshashlik jihatlarini tahlil qilish, turli millat va makonga xos xalq og`zaki ijodi namunalarida sayyor hamda o`xshash syujetlar tahliliO`zbek folklorshunosligida keyingi yillarda boshqa millat va elat folklori bilan qiyosiy mulohazalarni keltirishga bir qadar qiziqish kuchaygani sezilarli samara bermoqda. Millat adabiy rivojlanishi bosqichida yaratilgan qator janrlar – ertaklar, dostonlar, marosim folklori xususiyatlari qiyoslanishi ushbu magistrlik dissertastiyasining bugungi istiqlol yillarida adabiy hamkorlik aloqalarning o`rnatilishida juda muhim sanaladi.
Xalqlarning milliy mafkurasi va ruhiyatini o`zida poetik aks ettirgan folklor namunalari chuqur g`oyaviyligi va badiiyligi bilan e’tiborga loyiq. Ularda ajdodlarning asrlar osha qilgan orzu-havasi, intilishlari, erk va ozodlik uchun kurashi, bu yo`ldagi alam va iztiroblari, xarakter-xususiyati, o`ziga xos an’analari, ijodkorlik va bunyodkorlik salohiyati milliy mentalitetni ifoda etuvchi muhim belgilar sifatida ko`zga tashlanib turadi. Shu sababli jamiyat rivoji, ma’naviy dunyosini boyitishda etakchi rol o`ynab kelgan folklor namunalarini to`plash, nashr etish, o`rganish, boshqa millat og`zaki ijodi namunalari bilan qiyoslash, o`xshash va farqli tomonlarini keltirish va uni jahon ma’naviyati sahifalariga kiritish bugungi kunning muhim vazifalari sirasiga kiradi.
.