Arhitektura va texnik shriftlar
Chizma shriftlari
Vazifaning maqsadi – konstruktorlik hujjatlari yagona tizimi Davlat standartlarida belgilangan chizma chizishdagi qoidalarni o´rganish.
GOST 2. 304-81 chizma shriftlari bilan batafsil tanishish va o`zlash-tirish. Chizmalarda qo`yiladigan harf va raqamlarni to´gri yozish.
Vazifaning hajmi va mazmuni. Muhandislik grafikasi bo`yicha bajarilgan vazifalar to`plami uchun muqova varag`ini tuzish.
Institut nomi: ToshTYMI
Kafedra nomi: “Informatika va kompyuter grafikasi” kafedrasi.
Vazifalar to`plami nomi: Muhandislik grafikasidan vazifalar to`plami.
Bajardi: Talabaning familiyasi, ismi va guruh raqami.
Tekshirdi: O`qituvchining familiyasi, ismi va sharifi.
Vazifa bajarilgan sana: Toshkent –2009/2010 Vazifani A3 formatda bajarish talab qilinadi. Vazifa maz-muni va uning chizma tasvirini varaq-da joylashtirish taxminiy o`lchamlari 1-chizmada berilgan.
Muqova varag`ini tuzish ikki bos-qichda bajarish maqsadga muvofiqdir.
1-bosqich. Tanlangan shriftlarning o`lchami (eni, bo`yi va harflar orasida-gi masofa)ni va sonini hisobga olgan holda matndagi harf va raqamlar o`rni ingichka chiziqlar bilan belgilab chiqiladi. (2-rasm)
2-bosqich. O`qituvchining tekshiru-vidan so`ng qoida va talablarga muvofiq shriftlar qalinlashtirib chiqi-ladi. (1-rasm)
Vazifani bajarish
Namunada ko`rsatilganidek chiz-ma varag`ida chizma hoshiyasi chizib olinadi. So`ngra 7-shriftning bosh va yozma harflaridan foydalanib, institut, kafedra nomlarini yozish joylari belgilanadi. To`plam nomini 10-shriftning bosh harflarida yozish talab qilinadi. Chizuvchi va tekshiruvchi shaxslarning familyasi, ismi 7-shriftning bosh yoki yozma harflarida yozish mumkin.
GOST 2.304-81da shriftlarning A va B turlari belgilangan. Ikkala turdagi shriflar qiya (75º burchak ostida) hamda tik yozilishi mumkin. Shriftning A turidagi harf o`lchamlari 1-jadvalda, B turidagi harf o`lchamlari 2-jadvalda berilgan.
Talabalar mustaqil ish vazifalarini shriftning B turi bo`yicha bajarishadi.
B turidagi bosma harflar balandligi h=10d, yozma harflar balandligi c=7d, harflar orasidagi masofa eng kamida e=6d ga teng bo’ladi. Bosma harflar-ning kengligi Г, Е, З, С, Ғ lar uchun – 5d, А, Д, М, Х, Ц, Ы, Ю lar uchun – 7d; Ж, Ф, Ш, Ъ lar uchun – 8d; Щ uchun – 9d; qolgan barcha harflar uchun – 6d olinadi. Yozma harflar kengligi з, с lar uchun – 4d; a, ц, м, ъ, ы, ю lar uchun – 6d; ж, т, ф, ш lar uchun – 7d; щ uchun – 8d; qolgan barcha harflar uchun – 5d olinadi. Raqamlarning kengligi: 1 uchun – 3d, 4 uchun – 6d, qolgan barcha raqamlar-ga – 5d olinadi (4-rasm).