Arxitektura va chizma shriftlari чертежные и архитектурные шрифты

 Arxitektura va chizma shriftlari  чертежные и архитектурные шрифты
Daraja:
Oliy ta`lim
Yo'nalish:
Ilmiy-ta`limiy
Turi:
Darslik
Nashr etilgan yili:
2009
Til:
O`zbek tilida (lot.)
Yaratilgan vaqti:
2021-04-14 13:16:51
Arhitektura va texnik shriftlar Chizma shriftlari Vazifaning maqsadi – konstruktorlik hujjatlari yagona tizimi Davlat standartlarida belgilangan chizma chizishdagi qoidalarni o´rganish. GOST 2. 304-81 chizma shriftlari bilan batafsil tanishish va o`zlash-tirish. Chizmalarda qo`yiladigan harf va raqamlarni to´gri yozish. Vazifaning hajmi va mazmuni. Muhandislik grafikasi bo`yicha bajarilgan vazifalar to`plami uchun muqova varag`ini tuzish. Institut nomi: ToshTYMI Kafedra nomi: “Informatika va kompyuter grafikasi” kafedrasi. Vazifalar to`plami nomi: Muhandislik grafikasidan vazifalar to`plami. Bajardi: Talabaning familiyasi, ismi va guruh raqami. Tekshirdi: O`qituvchining familiyasi, ismi va sharifi. Vazifa bajarilgan sana: Toshkent –2009/2010 Vazifani A3 formatda bajarish talab qilinadi. Vazifa maz-muni va uning chizma tasvirini varaq-da joylashtirish taxminiy o`lchamlari 1-chizmada berilgan. Muqova varag`ini tuzish ikki bos-qichda bajarish maqsadga muvofiqdir. 1-bosqich. Tanlangan shriftlarning o`lchami (eni, bo`yi va harflar orasida-gi masofa)ni va sonini hisobga olgan holda matndagi harf va raqamlar o`rni ingichka chiziqlar bilan belgilab chiqiladi. (2-rasm) 2-bosqich. O`qituvchining tekshiru-vidan so`ng qoida va talablarga muvofiq shriftlar qalinlashtirib chiqi-ladi. (1-rasm) Vazifani bajarish Namunada ko`rsatilganidek chiz-ma varag`ida chizma hoshiyasi chizib olinadi. So`ngra 7-shriftning bosh va yozma harflaridan foydalanib, institut, kafedra nomlarini yozish joylari belgilanadi. To`plam nomini 10-shriftning bosh harflarida yozish talab qilinadi. Chizuvchi va tekshiruvchi shaxslarning familyasi, ismi 7-shriftning bosh yoki yozma harflarida yozish mumkin. GOST 2.304-81da shriftlarning A va B turlari belgilangan. Ikkala turdagi shriflar qiya (75º burchak ostida) hamda tik yozilishi mumkin. Shriftning A turidagi harf o`lchamlari 1-jadvalda, B turidagi harf o`lchamlari 2-jadvalda berilgan. Talabalar mustaqil ish vazifalarini shriftning B turi bo`yicha bajarishadi. B turidagi bosma harflar balandligi h=10d, yozma harflar balandligi c=7d, harflar orasidagi masofa eng kamida e=6d ga teng bo’ladi. Bosma harflar-ning kengligi Г, Е, З, С, Ғ lar uchun – 5d, А, Д, М, Х, Ц, Ы, Ю lar uchun – 7d; Ж, Ф, Ш, Ъ lar uchun – 8d; Щ uchun – 9d; qolgan barcha harflar uchun – 6d olinadi. Yozma harflar kengligi з, с lar uchun – 4d; a, ц, м, ъ, ы, ю lar uchun – 6d; ж, т, ф, ш lar uchun – 7d; щ uchun – 8d; qolgan barcha harflar uchun – 5d olinadi. Raqamlarning kengligi: 1 uchun – 3d, 4 uchun – 6d, qolgan barcha raqamlar-ga – 5d olinadi (4-rasm).

Дабавлено : 2021-04-14 13:16:51

Этот категорий

Pythonda matematik hisoblashlarni dasturlash

Nazariy mexanika

Nazariy mexanika

Fundamentals of scientific research and innovation

Oila tibbiyoti

Новый

Жиззах вилоятида туристик дестинацияларни ташкил этишнинг ҳудудий жиҳатлари

Таълим муассасаси раҳбарининг бошқарув фаолиятида соғлом ва ижодий муҳитни яратиш механизмларини такомиллаштириш

Ишлаб чиқариш таълими усталарининг касбий компетентлигини ривожлантириш

Eliptik qismi yuqori tartibli bo`lgan kasr tartibli xususiy hosilali differensial tenglamalar uchun to`g`ri va teskari masalalar

Саноат корхоналари ривожланишининг инновацион стратегияларини такомиллаштириш