Darslikda chizma geometriyaning nazariy asoslari, proyeksiyalash usullari, nuqta va to`g`ri chiziqning ortogonal proyeksiyalari, tekislik, tekislik va to`g`ri chiziq, ikki tekislik, proyeksiyalarini qayta tuzish usullari, sirtlar va ularning yoyilmalari, aksonometrik proyeksiyalarni qurish, tayanch iboralar, masalalar yechish algoritmi, nazorat variantlari bayon qilingan. Darslik texnika oliy o`quv yurtlari bakalavrlari uchun tayyorlangan bo`lib, undan chizma geometriya mutaxassislari ham foydalanishi mumkin.