Ma’naviy-ijtimoiy faollik shaxsning o`ziga xos xususiyati bo`lib, ma’lum darajada temperament tipi, aqlu zakovati, tafakkuri, qobilyati va iste’dodiga bog`liqdir. Ushbu ruhiy sifatlar, shaxsning individual psixologik xususiyatlari irsiy ildizlarga ega bo`lsada, ta’lim-tarbiyaga, ijtimoiy muhit ta’siriga, o`zining shaxsiy intiluvchanligiga va ma’naviy ijtimoiy faolligiga suyanadi.