Ushbu o’quv qo’llanmada Markaziy Osiyoning qadimgi yozma yodgorliklari, qadimgi yozma yodgorliklarning Markaziy Osiyo tarixini o`rganishdagi ahamiyati, piktografik belgilar, piktografik belgilar topilgan yodgorliklar, O’rta Osiyo hududining qadimgi tub aholisi va uning yozma yodgorliklarda aks etishi, qadimgi so`g`d yozuvi va yozma yodgorliklari, oromiy yozuvi va yozma yodgorliklari, manixey yozuvi va yozma yodgorliklari, qadimgi Xorazm yozuvi va yozma yodgorliklari, turkiy yozma yodgorliklarning vatan tarixini o’rganishdagi ahamiyati kabi masalalar o`z aksini topgan.