Fanni o`rganish natijasida kerakli bilim va amaliy ko`nikmalariga ega bo`lgan farmatsevt, MX talablari asosida dori vositasini sifatiga baho bera olish malakasini egallashdan tashqari dori vositalarini ro`yxatga olish, ularni olishda foydalanilayotgan xom ashyo, texnologik jarayondagi oraliq mahsulotlar, jixozlar, binolar, saqlash sharoitlari, tashilishi sifatini baholash, dori vositasini olinish jarayonida xavfsizlikni ta`minlash, xar bir jarayon uchun standart operatsion tadbir rejalarini, texnologik reglamentlarni tuzish, ro`yxatdan o`tkazish masalalarini ham hal eta oladi. Dori