Yuksak o’simliklar sistematikasi fani Botanika fanlari ichida eng muxim va salmoqli o’rinni egallaydi. Yuksak o’simliklarning hozirgi zamon sistemalari ierarxiya printsipida tuzilgan, ya’ni bir xil darajadagi gruppalar ketma – ket ravishda yirikroq darajadagi gruppalarga biriktiriladi. Sistematik gruppalarning ierarxik printsipi butun organik olamning hilma xilligini oson tasavvur qilishga, o’rganishga va ulardan foydalanishga imkon beradi.