O`zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosati millati, irqi, tili, dini, ijtimoiy mavqyei, jinsi, ma’lumoti va siyosiy e’tiqodidan qat’i nazar, yoshlarni huquqiy va ijtimoiy jihatdan himoya qilish; milliy, madaniy an’analarning avloddan avlodga o`tishi, yoshlarning tashabbuslarini qo`llab-quvvatlash, jamiyat rivojiga, ayniqsa yoshlar hayotiga oid dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda yoshlarning bevosita ishtirok etishi; huquq va burchlarning, erkinlik va fuqarolik mas’uliyatining birligi kabi tamoyillarga asoslanadi.