O`zbekiston Respublikasida elektr energiyasi bilan ta’minlash masalalari, energetik tizimlar, elektr energiyasi kattaliklari, o`zgaruvchan va doimiy tok manbalari, elektr energiyasi manbalarini, iste’molchilarga elektr energiyasini uzatish va taqsimlash jarayonlarini, iste’molchilarning yuklamalarini hisoblash, elektr o`tkazgichlar: sim va kabellarning tanlash va ularning kesim yuzalarini aniqlash usullarini, elektr ta’minoti sxemalari va ularni tuzish,loyihalash, smeta xujjatlarini hamda elektr tarmoqlardan foydalanishni o`rgatadi. Bundan tashqari o`rganiladigan mavzular zamonaviy muammolarni qamrab olganligi sababli talabalar bu mavzularni, fan bo`yicha tavsiya etiladigan adabiyotlardan, Internet tarmog`idan, chet el va mamalakatimiz patent materiallari va ilmiy jurnallardan foydalanib qo`shimcha ravishda o`rganishlari mumkin.