Fermata – musiqa tovushini va pauzani to`xtatib turishni, yoki ushlab chuzib turishni bildiruvchi belgi. Fermata belgisi nota va pauzalarning ustiga yoki ostiga qo`yiladi. Fermataning davomiyligi, qancha chuzilishi asar harakteridan, uning mantiqiy rivojlanishidan kelib chiqqan holda va ijrochining badiiy didiga bog`liq. Xor partiturasida fermata belgisi qo`yilishi lozim bo`lsa, bir takt davomiyligida turli hissalarga tushishidan qat’iy nazar, xordagi har bir ovoz ustiga, ya’ni soprano, alt, tenor va bas ovozlari ustiga alohida-alohida qo`yiladi.
Femataning turlari: Nota va pauzalarning ustiga yoki ostiga qo`yiladigan oddiy fermatalardan tashqari, so`z bilan yoziladigan (linga) nomli uzun fermatalar ham uchraydi. Bu fermatalar oddiy fermatalarga nisbatan ko`proq ushlanib turiladi. Bundan tashqari faqat pauzalarni chuzib turish uchun qo`llaniladigan nisbatan qisqa fermatalarni anglatuvchi ` “ v kabi belgichalar ham qo`llaniladi. Bular musiqada lyuft pauza yoki yengil pauza ham deb yuritiladi. Amaliyotda takt chizig`i ustida ishlatiladigan (sezura) deb ataladigan fermata ham yuqorida aytib o`tgan fermatachalardan deyarli farq qilmaydi. Musiqa ijrochiligida yana shunday fermatalar uchraydikim, ular notalar ustiga qo`yilmaydi yoki yozilmaydi. Lekin asar mazmunining rivoji uni bajarishga majbur etadi. Buni musiqada yozilmaydigan faqat musiqiy tafakkur bilan ishlatiladigan fermata deb yuritiladi.