Funksional analiz - matematik analiz, geometriya va chiziqli algebraning g`oya va usullarini cheksiz o`lchamli fazolar uchun umumlashtiruvchi fan hisoblanadi. Hozirgi kunda funksional analizning g`oya, konsepsiya, usul va tushunchalari matematikaning barcha sohalari tomonidan tan olingan. So`nggi yillarda differensial tenglamalar, hisoblash usullari, matematik dasturlashning talab va ehtiyojlariga javoban funksional analizning yangi chiziqli bo`lmagan tarmog`i paydo bo`ldi. Zamonaviy matematikaning bu o`nalishi amaliyotchilar va injenerlarning o`sib kelayotgan ehtiyojlarining bir qismini qondiradi.