Ushbu qo’llanmada umumiy geologiya, kristalografiya, mineralogiya, petrografiya va injenerlik geologiyasi asoslari qisqacha bayon qilingan.Yerning tuzilishi, shakli, tarkibi, mineral va tog jinslarining paydo bo’lishi, genetik turlari, tarkibi, tuzilishi, tarqalish qonuniyatlari va qurilish xom ashyosi sifatida ishlatilish usullari; Yerning ichki va tashqi dinamik kuchlar ta’sirida bo’ladigan geologik jarayonlar; Yer osti suvlarining paydo bo’lishi, turlari, gruntlarning tarkibi, fizik, mexanik xossalari; qurilish xom ashyolarini qidirish, baholash va bosqichlari haqida to’liq ma’lumotlar berilgan.