Flash dasturi Actionscript dasturlash tiliga asoslangan bo`lib, bu til dasturlashtirishdan yiroq bo`lgan insonlar ham tushunishi uchun juda oddiy qilib yaratilgan. Flash dasturiga Actionscriptdan foydalanmasdan turib ham oddiy roliklar, chiziqli animatsiyalar yaratish mumkin, lekin tuzilgan dastur samarali, mukammal va oson boshqarish mumkin bo`lishi uchun Actionscriptdan foydalanishga to`g`ri keladi. Chindan ham interfaol dasturlar yaratish uchun Actionscript dasturlash tilini o`rganib olish kerak. Actionscript obyektga yo`naltirilgan dasturlash tili hisoblanadi. U sintaksis jihatidan "JavaScript" ga o`xshab ketadi. Actionscript boshqa dasturlash tillariga o`xshab o`zining maxsus sintaksisiga, rezervlashgan so`zlariga, operator va ma`lumotlarni ozida saqlash uchun islatiladigan o`garuvchilariga ega. Actionscript o`zining obyekt va funksiyalariga ega va u foydalanuvchi ga o`zning obyekt hamda funksiyalarni yaratishga imkon beradi. Flashda skript yozish uchun Actionscript tilining barcha imkoniyatlarini bilish shart emas. Oddiy buyruqlardan foydalanib ham scriptlar yaratish mumkin. Actionscript tilini o`rganishdan oldin, Actions (harakat) paneli bilan tanishib chiqishimiz kerak. Uni ochish uchun sarlavha satri ustiga sichqonchani bir marta chertish kifoya. Agar ekranda Actions paneli bo`lmasa [F9] tugmasini bosish orqali ham uni ishga tushirish mumkin. Bitta rolikda juda ko`p rolik bo`lishi mumkin. Dastavval Actionscriptda roliklarni qayerlarda o`rnatish mumkinligini ko`rib chiqamiz. Roliklarni asosiy kadrlarga, tugmalarga va movie kilplarga joylashtirish mumkin. Grafik obyektlar va boshqalarga roliklarni joylashtirib bo`lmaydi. Hozirda rolikni qaysi obyektga kiritilayotganini bilish juda oson, buning Actions panelining sarlavha satridagi yozuviga e’tibor berish kerak. Masalan, tugmani belgilasak, Actions panelining sarlavha satridagi yozuvi “Actions - button” ga, agar movie clipni tanlasak, “Actions - movie clip” ga o`zgaradi, hechnarsa belgilanmaganida “Actions - frame” ya’ni joriy kadr belgilangan bo`ladi.