O`zbekiston Respublikasining “Ta’lim to`g`risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” yuksak umumiy madaniyatga, kasb-hunar ko`nikmalariga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, mantiqiy mushohada qilish hamda ijtimoiy hayotdagi muammolarning oqilona yechimlarini topish mahoratiga ega bo`lgan, istiqbol vazifalarini odilona baholay oladigan kadrlar yangi avlodini shakllantirish, shuningdek, har tomonlama barkamol, ta’lim va kasb-hunar dasturlarini ongli ravishda mukammal o`zlashtirgan, mas’uliyatli fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutgan pedagogik g`oyani ilgari suradi.