1997-yili O`zbekiston Respublikasida ta’lim tizimini rivojlantirish bo`yicha “Ta’lim to`g`risida»gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qabul qilindi. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da estetik turkumdagi fanlarni o`qitilishiga alohida e’tibor berilgan bo`lib, xususan uning “Uzluksiz ta’limni tashkil etish va rivojlantirish prinsiplari» qismida uzluksiz ta’limning faoliyat ko`rsatish prinsiplaridan biri ta’limning ijtimoiylashuvi deb qaraldi. U ta’lim oluvchilarda estetik boy dunyoqarashni hosil qilish, yuksak ma’naviyat, madaniyat va ijodiy fikrlashni shakllantirish lozimligini qayd etadi.