Bugungi kunda har qaysi matbuot xodimi kasb mahoratini egallash bilan birga, o`z hayotiy prinsiplariga ham ega bo`lishi, haqiqat uchun kurashishga intilishi, shu yo`lda qat’iyat va shijoat ko`rsatishi, lo`nda qilib aytganda, vijdon amri bilan yashashini zamonning o`zi talab qilmoqda.
Insonni, uning ma’naviy olamini kashf etadigan yana bir qudratli vosita borki, u ham bo`lsa, so`z san’ati badiiy adabiyotdir. Adabiyotning insonshunoslik deb, shoir va yozuvchilarning esa inson ruhining muhandislari, deb ta’riflanishi bejiz emas, albatta.