Rivojlanayotgan davlatlar iqtisodiyotidagi barcha operatsiyalar banklar orkali amalga oshiriladi va albatta bu operatsiyalar samaradorligini belgilab beruvchi marketing dasturining puxta va aniq ishlab chiqish bilan bog`liq muammolar yuzaga keladi. Tijorat banklari faoliyatida maksimal daromadga erishishni anik maksad bilan amalga oshirilayotgan marketing dasturlari natijasida albatta daromadga erishishga olib keladi va bu bank boshkaruvining kabul kiladigan karorlariga ayniksa boglikdir. Tijorat banklarining marketing dasturi bir tomondan iqtisodiyotning barcha sektorlarida bank-moliya xizmatlarini о`zida aks ettiradi, jamiyatning iktisodiy talablarini qondirish, butun jamiyat kapitalini oshishiga xizmat qilsa, ikkinchi tomondan, mablag`larini samarali obyektlariga joylashtirilishi banklarning iqtisodiy subyekt sifatidagi daromadini oshiradi. Demak banklar faoliyatida marketing dasturlari bank faoliyatini amalga oshirish jarayonida bank mablag`larining bir qismini yо`qotish, yoki daromad olmaslik sharoitida ijobiy natijaga umid qilib, bank operatsiyalarini (depozit, kredit investitsiya, valyuta) amalga oshirishdir.