Adabiy ta’limda yozuvchi ijodini o`rganish, tadqiq qilish hamisha dolzarb masalardan biri sanalgan. Ijodkorning o`ziga xos uslubini, timsol yaratish mahorati, so`zga bo`lgan e’tiborini kuzatish, tahlil etish orqali badiiy asarni idrok qilish, uning g`oya va mazmunini to`la tushunish, ayni paytda, satrlarga singdirilgan ma’no sirlaridan voqif bo`lish imkoniyati yanada kengayadi. Shunday bo`lsa-da, adib ijodini yangilangan pedagogik tafakkur asosida o`rganish ishlari hali o`z yakunini topgan emas. Tadqiqot ishimizning aynan shu mavzuga qaratilishi bu sohada yechimini kutayotgan masalalarga qaratilgani bilan xarakterlanadi.