«Boshlang’ich sinf o’quvchilari ijodkorligini oshirishda applikatsiya ishlaridan foydalanish yo’llari» mavzusidagi bitiruv malakaviy ishda boshlang’ich sinf mehnat darslarining maqsad va vazifalari, mazmuni, mehnat darslarida boshlang’ich sinf o’quvchilari ijodkorligini oshirishda applikatsiya ishlaridan foydalanish orqali tarbiyani tashkil etishning o’ziga xos xususiyatlari, aplikatsiya ishlarida o’quvchilarni ijodkorligini oshirish va tarbiyaning mazmuni, boshlang’ich sinf mehnat darslarida qo’l mehnatining ta’lim-tarbiya jarayonidagi o’rni, mehnat ta’limi jarayonida boshlang’ich sinf o’quvchilari ijodkorligini oshirishda applikatsiya ishlaridan foydalanish yo’llari orqali tarbiya berishda qo’llaniladigan turli shakl-metodlar va ulardan foydalanishning ahamiyati haqida nazariy ma’lumotlar berish, ta’lim-tarbiyani mehnat darslarida applikatsiya va qo’l mehnati jarayonida rivojlantirish, ijodkorlikni tarkib toptirish, kasbga yo’naltirish, tajriba sinov ishida applikatsiya ishlari orqali o’quvchilarni qo’l mehnatiga o’rgatish, ijod qilishga yonaltirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llash, turli usul va metodlarni ishlab chiqish haqida fikr yuritilgan.