Keyingi paytlarda respublikamizda transport tizimi jadal rivojlanib bormoqda.Shuningdek,yangi qurilayotgan avtotransport korhonalar va mavjud avtotransport korhonalarini kengaytirish,qayta jihozlash kabi jarayonlarni loyihalashda, hozirgi kundagi barcha zamonaviy talablarga javob berishi davr talabi bo’lishi tabiiydir.
Kurs ishi "Avtotrasport tarmog’i korxonalarini loyihalash" fanining yakunlovchi qismlaridan biri hisoblanadi.
Kurs ishini sifatli bajarilishi talabalarning mutaxasislik fanlari bo`yicha bilimlari qay darajada ekanligini va bitiruv ishi ishini bajarishga tayyorligini ko`rsatadi. Kurs ishining mavzusi bozor iqtisodiyoti sharoitida dolzarb xalq xo`jaligi talablariga javob beradigan, fan va texnika yutuqlarini o`zida mujassamlagan bo`lishi kerak.
Avtomobil transportining rivojlanishi, ularga bo`lgan talabning oshishi va avtomobillardan samarali foydalanish zaruriyati ularni texnik tayyor holatda ushlab turishni taqozo qiladi. Bu o`z navbatida avtotransport korxonasini rivojlantirishni:yangi korxona qurish, ishlab turgan korxonani kengaytirish,qayta qurish yoki texnik qayta jihozlash ishlarini amalga oshirishni talab etadi.