Paxta O’zbekistonning asosiy eksport maxsuloti bo’lib, uning yalpi hosilini oshirish, yoxud paxtachilikni yanada rivojlantirish uchun parvarishlash agrotexnikasini doimo mukammallashtirib, takomillashtirib, zamonaviy texnika va texnologiyalarga moslab borish talab etiladi. G’o’za agrotexnikasida ayniqsa qator oralarga ishlov berishni sug’orish tartibiga, tuproq va iqlim sharoitiga monand holda amalga oshirish, ishlov chuqurligini g’o’za ildizining rivojlanish darajasini xisobga olib belgilash nihoyatda muhimdir. Zeroki g’o’za qator oralarini ishlash hamda sug’orish bir-biriga bevosita bog’liq agrotadbir xisoblanib, yosh nihollar o’sib chiqqandan to mevalash, hosilni pishib yetilishi davrigacha davom etadi, yoki g’o’za amal davrini deyarli to’la qamrab oladigan tadbirlardir.