Matematik modellar amaliyotda, ya’ni texnika, fizika, biologiya, injenerlik, harbiy soha kabi turli jarayonlarda ekstremal masalalarni matematik usullar va qurilmalar yordamida tadqiq etish bilan shug`ullanuvchi fan bo`lib, u amaliyot bilan nazariyani bog`lab turuvchi ko`prik vazifasini ham o`taydi. Ayniqsa, bozor – iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy jarayonlarning miqdoriy jihatlarini matematik usullar yordamida tahlil qilish, optimallashtirish, maksimal foyda, minimal zarar ko`rish holatlarini o`rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Fanning mazmuni “Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifat menejmenti” yo`nalishi bo`yicha ta’lim olayotgan talabalarni ehtimollar nazariyasi va matematik statistika metodlarini metrologiya, sifatni ta’minlashning statistik usullari va tajribalarni rejalashtirish va tajriba natijalarini qayta ishlash masalalariga qo`llashda ko`nikma hosil qilish uchun qaratiladi.