Umumiy ovqatlanish korxonalari ichida restoran, kafe, bar asosiy o’rinni egallaydi. Bular axolining xordiq chiqarishini tashkil qilishda muxim axamiyatga ega. U yerlarga odamlar faqat ovqatlanish uchungina emas, balki yubileylarni nishonlash, kishi xayotidagi muxim voqealarni, u yoki bu jamoa a`zolarining quvonchiga sherik bo’lish, tuy tantanalarini o’tkazish, ish buyicha yoki rasmiy uchrashuvlar o’tkazish, shuningdek, dilkash dustlar davrasida dam olish uchun yitladilar.