Ma’lumki, «Ona tili va adabiyot» darslariga noan’anaviy darslarni olib kirish va uni ta’lim mazmuniga singdirish, dars o`tishning yangi-yangi usullarini topish Davlat ta’lim standartlari talablarini bajarishga zamin yaratadi. Inson shaxsini har tomonlama kamol toptirish, o`sib kelayotgan yosh avlodda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga hurmat tuyg`usini uyg`otishda, milliy tilga, o`z xalqining an’analariga iftixor hissini kamol toptirishda «Ona tili va adabiyot» darslarining o`rni beqiyosdir. Shunday ekan, biz ham o`z darslarimizni tashkil etishda aynan shu maqsadlarni ko`zlagan holda ish olib boramiz.