Darsning maqsadi: O`quvchilar XIX asr oxirlarida
Turkiston o`lkasidagi milliy ozodlik harakatlari haqida
tushunchaga ega bo`ladilar.
Darsning ta`limiy vazifasi: O`quvchilar Dukchi eshonning
jabr-zulm va vatan ozodligi yo’lidagi kurashi haqida
ma`lumotlarga ega bo`ladilar.
Darsning tarbiyaviy vazifasi: O`quvchilarni yangi bilimlar
egallashga va tartib-intizomga doimo rioya etishga
yo’naltirish hamda ularda ona Vatanga nisbatan muhabbat
tuyg’ularini shakllantirish.
Darsning rivojlantiruvchi vazifasi: Ularda umumlashma
xulosalar chiqarish ko’nikmasini shakllantirish,1898-yil
Andijondagi milliy ozodlik harakatlarini tahlil qila olish
ko`nikmasini rivojlantiradilar.