Darslikda zamonaviy elektron asbobsozlik uchun zarur bo’lgan moddalar, ularning tasniflari, asosiy elektrofizik va kimyoviy xususiyatlari, olinish texnologiyalari, qo’llanilish sohalari haqida umumiy ma’lumotlar keltirilgan. Elektron texnikasining asosiy moddalari – tok o’tkazuvchi, yarim o’tkazgich, dielektrik, magnetik, nanomoddalar hamda elektron asboblar ishlab chiqarishda qo’llaniladigan qo’shimcha: kontakt va himoya, kimyoviy va mexanik ishlov berish vositalarining o’ziga xos xususiyatlari ta’riflangan.