Ushbu uslubiy qo`llanma o`quvchilarning kasb tanlashlariga ko`maklashish maqsadida tayyorlangan bo`lib, unda tabiiy, matematika va mehnat ta’limi fanlarini o`rganish jarayonida o`rta va katta yoshdagi maktab o`quvchilariga kasblar haqida axborot berish imkoniyatlari bayon qilingan. Shuningdek, to`g`ri kasb tanlash jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining zarurati ekanligi, o`qivchilar shaxsini o`rganish metodlari hamda o`quvchilarni kasbga yo`naltirishda maktab, oila va kasb-hunar kollejlarining hamkorligi bilan bog`liq masalalar tahlil qilingan.