Mazkur dastur nеmis filologiyasi yo`nalishi bo`yicha bakalavr o`quv rеjasida kеltirilgan fanlardan biri bo`lgan «Chеt el adabiyoti» kursi bo`yicha tuzilgan bo`lib, talabalarga jahon adabiyotining antik davri, o`rta asrlar adabiyoti, uyg`onish davri estеtikasi va jahon adabiyoti, XVII-XVIII asrlar adabiyoti, XIX-XX asrlar adabiyoti davrlarini nafaqat adabiy tarixiy nuqtai nazardan, balki adabiy-nazariy, falsafiy, psixologik va estеtik nuqtai nazardan o`rganishda yordam bеradi.