Ushbu qo`llanmada bugungi kunda o`quv jarayonida mavjud va qo`llanilayotgan amaliy dasturlarni hisobga olgan holda, kompyuter imkoniyatlarini o`rgatuvchi barcha laboratoriya ishlari, ya’ni texnika xavfsizligi qoidalaridan boshlab, sanoq sistemalari, algoritmlar ustida ishlash, Norton Commander dasturida ishlash, arxivlashtirish dasturida ishlash, Windows Commander dasturida ishlash, Windows muhiti bilan tanishish, imkoniyatlarini o`rganish, Microsoft Word matn muharririda hujjatlar bilan ishlash, matn kiritish, tahrirlash, Wordda jadvallar va grafik ob’ektlar bilan ishlash, matematik, fizik, kimyoviy formulalarni kiritish, Paint grafik muharririda chizmalar chizish, asboblar paneli va ranglar palitrasi yordamida chizmalarni tahrirlash, Power Point dasturi bilan ishlash, Microsoft Excel dasturini ishga tushirish va unda hisob ishlarini bajarish, Excelda diagrammalar qurish va ular bilan ishlash, antivirus dasturlari bilan ishlash, internet tarmog`i, elektron quti hamda Internetdan olingan ma’lumotlarni saqlash va chop etish kabi laboratoriya ishlanmalari keng yoritilgan.