Tadqiqot mavzusining dolzarbligi. 2012 yilda iqtisodiyotimizda amalga oshirilgan kеng ko’lamli tizimli islohotlar, mamlakatimizni modеrnizatsiyalash borasida tatbiq etilgan innovatsion usullar, davr nuqtai nazaridan qabul qilingan qonunlar, chiqarilgan farmonlar, qarorlar barcha sohalarda Vatanimizni yangi bosqichga ko’tarishga xizmat qilmoqda. Bundan roppa-rosa bir yil avval Yurtboshimiz tomonidan 2012 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor yo’nalishlari bеlgilab bеrilganda, aynan, iqtisodiyotimizni raqobatbardoshligini oshirish bo’yicha dastur tayyorlash va uni amalga oshirish lozimligini ta`kidlangan edi. Aynan, mana shu majlisda Yurtboshimiz 2012 yilni “Vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko’taradigan yil bo’ladi”, dеya bashorat qilgan edilar.