Ingliz tili kursining maqsadi - ingliz tilidagi talaffuz va grammatik qoidalarni chuqur o`zlashtirish va ulardan suhbat, muloqot jarayonida erkin foydalanishdir. Har bir dars quyidagicha ajratilgan: fonetika, leksika, grammatika, matn va unga savollar, muloqot, tekstlar. Ingliz tilining fonetik tuzilishiga, belgilariga qisqacha tarif beriladi va ularning ona tili bilan qiyosiy shakldagi xususiyatlari ifodalanadi.