Bu qissalar ne bir kunlarni ko`rmadi! Zoti nomard bo`ldi, ushbu qissalar yoqasida n oldi. Og`zi buzuq bo`ldi, ushbu qissalarga tupugini sochdi. Qo`li nopok bo`ldi, ushbu
qissalardan butun-butun boblarni o`chirib tashladi. Oqibat, ushbu qissalar o`z vaqtida pati yulinmish tovuq misol chop etildi. Alqissa, dorilomon kunlar keldi. «Ot kishnagan oqshom»dagi Ziyodulla chavandozchasiga aytar bo`lsak ... uloq Tog`ay Murodda ketdi!