Ushbu darslikda ekologiya va atrof-muhit muhofazasi haqida asosiy tushunchalar berilgan. O`quv adabiyoti nazariy-amaliy qismdan iborat bo`lib, unda ekologiya, tabiatdan foydalanish, atrof-muhit muhofazasi masalalari va muammolari qarab chiqilgan. Xususan, organizmlar, ularning muhit bilan o`zaro ta’siri, populatsiyalar, biosenozlar, ekologik tizimlar, biosfera va uning evolutsiyasi, odam ekologiyasi, biosferaga antropogen ta’sirlar, tabiatdan to`g`ri foydalanish va atrof-muhit muhofazasining asosiy tamoyillari, sanoat va qishloq xo`jaligi ekologiyasi asoslari, ekologiya huquqi kabi masalalar tavsifi bayon etilgan.