Ushbu o`quv qo`llanma o`rta maxsus musiqa o`quv yurtlarida tahsil oluvchi o`quvchilarga estrada cholg`ulari ijrochiligi sir-asrorlarini atroflicha o`rgatish borasida uslubiy ko`rsatmalar beruvchi muhim manbadir. Kitobda o`quv fanining didaktik asoslari, cholg`u bilan tanishish, musiqa eshitish qobiliyatini rivojlantirish kabi qator mavzular yoritilgan. Qo`llanmadan estrada cholg`ularini o`qitish uslubiyotidan saboq beruvchi o`qituvchilar, shuningdek, estrada cholg`u ijrochiligi sohasida faoliyat yurituvchilar foydalanishlari mumkin.