Respublikamiz mustaqillikka erishgach, pirovard maqsad qilib inson, uning erkin va farovon yashashi belgilandi. Ma’lumki, insonning erkin va farovon yashashini ta’minlashda iqtisodiyotni rivojlantirish muhim o`rin tutadi. Bu muammoning yechimi qator omillarga, õususan, mahalliy õomashyodan sanoat hamda iste’mol mollarini ishlab chiqarish, ularni õorijga eksport qilish va shu asnoda chet el valutasi tushumini ko`paytirishga bog`liqdir.