Qo`llanmada avtomobilni boshqarish jihozlari va ulardan foydalanish texnikasi, avtomobilni har xil yo`l sharoitlarida xavfsiz boshqarish, haydovchining kasbiy ishonchliligi, mehnatining psixofiziologik asoslari, axloq-odobi, avtomobildan foydalanish xususiyatlari, yo`l-transport hodisalari, turlari va tahlili, avtotransport korxonalarida harakat xavfsizligi xizmati ishini tashkil qilish, yo`l harakati xavfsizligini Davlat va jamoatchilik tomonidan nazorat etish asoslari yoritilgan.
Qo`llanmadan «Yo`l harakati qoidalari va xavfsizligi» fani o`qitiladigan barcha oliy va o`rta maxsus, kasb-hunar kollejlari, haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash o`quv yurtlarining talaba va o`quvchilari, harakat xavfsizligi xizmati va sud ekspertizasi muassasalarining xodimlari foydalanishlari mumkin.