Bozor, biznes va tadbirkorlik, xarajat va foyda, menejment va marketing, xonadon xo`jaligi, moliya va kredit, daromadlar, davlat va iqtisodiyot, jahon xo`jaligi masalalari yoritilgan ushbu darslik kollejlar va litseylar talabi darajasida bo`lib, unda mustaqil ish topshiriqlari, tayanch tushunchalar keltirilgan.
Darslikda chizmalar, grafiklar va jadvallar illustratsiya sifatida o`rin olgan, unda iqtisodiyotga oid formulalar, masalalarni yechish tartibi ko`rsatilgan. Iqtisodiyotga xos qonun-qoidalar mikro-makro iqtisod va jahon xo`jaligi darajasida yoritilgan, o`quvchi zehnini charxlash maqsadida boshqotirma topshiriqlar ham berilgan.
Darslik kollej va litsey o`quvchilariga mo`ljallangan. Undan biznesga kirishganlar, umuman, keng kitobxonlar ommasi o`zining iqtisodiy bilimlarini oshirish va hayotda uchraydigan iqtisodiy muammolar yechimini topishda foydalanishlari mumkin.