Mazkur o`quv qo`llanma «Avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar» fani bo`yicha, transport va qishloq xo`jaligi mashinalari, traktorlari yo`nalishidagi kasb-hunar kollejlari talabalari uchun namunaviy dastur asosida tayyorlangan. Ushbu o`quv qo`llanmadan avtomobil, transport va qishloq xo`jaligi mashinalari yo`nalishidagi kasb-hunar kollejlari o`quvchilari hamda oliy o`quv yurllari talabalari ham foydalanishlari mumkin.
O`quv qo`llanmada mamlakatimizda, shuningdek, xorijiy davlatlarda ishlab chiqarilayotgan yonilg`i-moylash materiallari, texnik suyuqliklar, nometall va polimer-rezina, sintetik va elektroizolatsion materiallar, lok-bo`yoq materiallari, yelimlar, qoplama va qistirma materiallarning olinishi, ularning tarkibi, eng ko`p tarqalgan markalari, ularni saqlash, tashish va ulardan oqilona foydalanish chora-tadbirlari keltirilgan.