O`quv qo`llanmada neft va gazni qayta ishlash texnologik jarayonlarida qo`llaniladigan metall va nometall materiallarning neft, gaz, texnik suvlar va kimyoviy eritmalar, shuningdek, atmosfera va tuproq tarkibidagi turli agressiv moddalar ta’sirida yemirilishi, yemirilishda ishtirok etuvchi oksidlovchi va qaytariluvchi muhitlarning kimyoviy
tasnifi, metallarning tabiati, tarkibi va legirlovchi qotishmalarning korrozion bardoshlilik xossalari, korroziyaning tezligi, mohiyati, korroziyaning turlari, korroziyaning oldini olish turlari, muhit agressivligini pasaytirish va korroziya tezligini to`xtatish ingibitorlari, ingibitorlarning turlari bo`yicha ma’lumotlar keltirilgan.