O`quv qo`llanmani tayyorlash davomida pochta xavfsizligi masalalari bo`yicha mavjud o`quv-uslubiy hujjatlar, chet el tajribasi, shuningdek, O`zbekistonda pochta xavfsizligini tashkil qilish tajribasini hisobga olgan holda pochta xavfsizligi nuqtayi nazaridan pochta jo`natmalarini nazorat qilishning zamonaviy tizimlari va vositalarini qo`llash materiallari, pochta jo`natmalarining yo`qolishlari faktlari bo`yicha xizmatga oid tekshiruvlarni o`tkazish hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga
va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo`yicha ichki nazoratni amalga oshirish metodlari, O`zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari hamda «O`zbekiston pochtasi» AJ tomonidan tasdiqlangan pochta xavfsizligi masalalariga doir normativ hujjatlar bo`yicha tadqiqotlar o`tkazildi.